"Chelsi" asosiy himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi

  • 4 dekabr, 2018, 13:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Londonning “Chelsi” klubi himoyachi Sesar Aspilikueta bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli ispaniyalik futbolchi “aristokratlar” bilan kelishuvni 2022 yilga qadar uzaytirgan. Eslatib o‘tish lozimki, uning avvalgi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan edi.

Ma’lumot uchun, Aspilikueta “Chelsi” safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 298ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8ta gol hamda 36ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!