“Chelsi” bir jamoaga ikki o‘yinchisini jo‘natadi

  • 24.11.2025 10:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Londonning  “Chelsi” klubi qishki transfer oynasi davrida ikki nafar himoyachi bilan  xayrlashishi mumkin. Bu haqda Tuttomercatoweb jurnalistlari ma’lum qildi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra,  A Seriyada ishtirok etayotgan “Fiorentina” jamoasi “aristokratlar”ning ikkala o‘yinchisiga qiziqish bildiryapti.

Birinchi raqamli nishon sifatida Josh Achimpong belgilandi. Florentsiya klubi  xo‘jayinlari 19 yoshli ijrochini mavsum oxirigacha keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni istamoqda.

Bundan tashqari, “Fiorentina” londonliklarning asosiy jamoasiga qabul qilinmagan Aksel Disasini ham olib ketmoqchi. Disasi o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun klubni o‘zgartirishga qarshi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!