
"Chelsi" bosh murabbiyligi uchun 3 nomzod bor
"Chelsi" bosh murabbiy Grem Potter borasida muzokara o‘tkazish uchun "Brayton"ga murojaat qilmoqchi, deb xabar beradi “Sky Sports”. Bundan tashqari, London klubi Maurisio Pochettino va Zinedin Zidan nomzodlarini ham ko‘rib chiqmoqda.
Bugun "Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxelni iste’foga chiqardi. Jamoa Premer ligada 6-turdan keyin 6-o‘rinda bormoqda va bir kun avval Chempionlar ligasining ilk o‘yinida Zagrebning "Dinamo" klubiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (0:1).
Ma’lumot o‘rnida, Potter ayni payt “Brayton”ni boshqarayotgan bo‘lsa, Zidan va Pochettino ishsiz hisoblanadi.
Fikrlar