"Chelsi" bu futbolchi uchun 150 million evrodan voz kechmoqchi

  • 05.01.2026 13:58
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" "Aston Villa" yarim himoyachisi Morgan Rojersni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi. Bu haqida "Fichajes" nashri xabar bermoqda.

Manbada berilgan maʼlumga koʻra, London klubi 23 yoshli futbolchini sotib olish uchun katta pul sarflashga tayyor. Tez orada "aristokratlar" "Aston Villa"ga 150 million evrolik ilk taklif joʻnatishni reja qilmoqda. 

Morganing hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 70 million evroni tashkil etadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yozigacha moʻljallangan.

Eslatib oʻtamiz, Rojers joriy mavsum birmingemliklar safida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol kiritdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!