"Chelsi" bugun Mareskani ishdan bo‘shatishi mumkin
"Chelsi" klubi Enzo Mareskani bosh murabbiylikdan bo‘shatishga yaqin turibdi. Bu bugun, 1 yanvar kuni sodir bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda The Guardian jurnalisti Aleks Kruk.
Manbaga ko‘ra, Mareskaning klub rahbariyati bilan munosabatlari uzil-kesil buzilgan. Bunda jamoaning so‘nggi natijalari alohida rol o‘ynadi: londonliklar so‘nggi 9 o‘yinda 2 g‘alabaga erishgan. "Bornmut"ga qarshi o‘yindan (2:2) keyin Mareska o‘zini kasalga solib, matbuot anjumanida ishtirok etmagan edi. Aslida u klubdagi vaziyatdan norozi bo‘lgani uchun bormaslikka qaror qilgandi.
Londonliklar Angliya Premer-ligasida 19 o‘yinda 30 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam "Arsenal"dan 15 ochko ortda qolmoqda.



Fikrlar