“Chelsi” Bundesligadagi futbolchisini Londonga chaqirib oldi

  • 11 yanvar, 2024, 19:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hujumchi Datro Fofana yana “Chelsi” safiga qaytdi. Bu haqda London klubi matbuot xizmati xabar berdi. Ta’kidlash kerakki, ivuarlik futbolchi 2023 yilning yozidan buyon ijara asosida "Union Berlin"da o‘ynab kelayotgan edi.

Tecno

Hozircha Fofana mavsum oxirigacha «Chelsi»da qoladimi yoki boshqa klubga ijaraga yuboriladimi, noma’lum. Oldinroq London klubi rahbariyati “Union Berlikn” tomonidan 21 yoshli futbolchiga ajratilgan o‘yin vaqtidan norozi ekani xabar qilingandi.

Fofana o‘tgan yilning yanvar oyida "Molde"dan 12 million evro evaziga "Chelsi"ga o‘tgan edi. Bu mavsumda forvard "Union" safida barcha turnirlarda jami 17ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urgan. Futbolchining London klubi bilan shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt internet portaliga ko‘ra futbolchining taxminiy narxi 8 million evroni tashkil qiladi.

Oldinroq "Sevilya" Fofanani ijaraga olmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!