"Chelsi" dastlabki yurishini amalga oshirdi
"Bayer" yarim himoyachisi Kay Xaverts yaqin vaqtlar ichida "Chelsi" futbolchisiga aylanishi mumkin.
Taniqli insayder Nikolo Shkira ma’lumotiga ko‘ra, londonliklar nemis klubiga 70 million evroli taklif yuborishgan.
Shuningdek, Frenk Lempardga kerak bo‘lmay qolgan Emerson, Bakoyoko va Jorjinoga xaridor chiqsa, klub narxni yanada ko‘tarishga tayyor.
Oldinroq, Xaverts "Bavariya" rahbariyati bilan uchrashib, qo‘yib yuborishini so‘ragani haqida ma’lumot berilgan edi.
Fikrlar