
“Chelsi” Eden Azarni olmaydi. Sababi aniq!
“Real” jamoada Krishtianu Ronaldudan keyin asosiy yulduzga aylanishi kutilgan Eden Azardan hafsalasi pir bo‘lib, uni transferga qo‘ygan edi.
Ko‘pchilik belgiyalik hujumkor futbolchi sobiq jamoasi “Chelsi”ga qaytib borishini kutayotgandi. Chunki o‘z vaqtida Azar jamoaning haqiqiy etakchisi bo‘lgan va o‘z pozitsiyasi bo‘yicha Angliya premer-ligasining eng zo‘r o‘yinchisi edi.
“Chelsi” ayni paytda Azarni qaytarish rejasi yo‘qligini ma’lum qildi. Londonliklar futbolchining yoshi o‘tib qolgani va endi avvalgi darajasiga ko‘tarila olishiga ishonmasligini bunga sabab qilib keltirmoqda.
“Aristokratlar” hatto madridliklar transfer summasi bo‘yicha katta chegirma qilib, 115 million evroga olingan o‘yinchini 50 million evroga bergan taqdirda ham Azarni olishdan bosh tortadi. Chunki belgiyalik futbolchi haftasiga 300 ming funt maosh so‘rayapti va uning hozirgi darajasi uchun bu juda katta summa hisoblanadi.
Fikrlar