“Chelsi” etti futbolchidan voz kechdi

  • 19 may, 19:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga yaqin turgan “Chelsi” joriy mavsum yakunlanishi bilan tarkibida katta tozalash ishlarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Taniqli jurnalist Nizaar Kinsella “aristokratlar” yozda jamoani birinchilardan bo‘lib tark etadigan etti nafar futbolchi nomini aniqladi.

Ularning bari joriy mavsumda boshqa jamoalarga ijaraga berib yuborilgan va keyinchalik ham Entso Mareska boshchiligidagi murabbiy shtabi rejasiga kiritilmadi.

Demak, manbaga ko‘ra, “Chelsi” Ben Chiluell, Karni Chukvuemeka, Armando Broya, Aksel Disasi, Kepa Arrisabalaga, Joau Feliks va Renatu Veygani transferga qo‘yadi.

Bu o‘yinchilarning ayrimlariga muayyan jamoalardan qiziqish bor. Xususan, “Aston Villa” Aksel Disasini jamoada olib qolmoqchi. “Milan”da yurgan Joau Feliksni “Benfika” qaytarib olmoqchi. “Bornmut” Kepa Arrisabalagani to‘liq transfer qilish imkoniyatini o‘rganyapti. Ispan darvozabonini “Real” yana ijaraga olishni mo‘ljallamoqda. Renatu Veygani “Yuventus” ham jamoada olib qolishga qarshi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!