
"Chelsi" frantsiyalik iqtidor bilan yanvarda shartnoma imzolamoqchi
"Chelsi" Markus Tyuram uchun kurashga qo‘shildi.
London klubi 25 yoshli Frantsiya terma jamoasi forvardini qishda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deya xabar bermoqda "Foot Mercato" nashri.
Tyuramning "Borussiya" Myonxengladbax bilan shartnomasi mavsum so‘nggida yakuniga etadi. Avvalroq, unga MYu, "Inter" hamda "Bavariya" kabi klublardan qiziqish bo‘lgan.
Joriy mavsumda Markus Bundesliga doirasida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol hamda 3 ta golli uzatma amalga oshirgan.
U jahon chempionatida jami 5 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Fikrlar