"chelsi" futbolchilari kepa bilan kelishib olishdi
Ispaniyalik darvozabon ekstra taymlar so‘nggida o‘z o‘rnini jamoadoshi Villi Kabaleroga bo‘shatib berishdan bosh tortgan edi. Natijada bosh murabbiy Mauritsio Sarri asabiylashib shisha idishni maydonga uloqtirgan va uni tark etgan edi. Keyinchalik Sarri maydonga qaytadi, ammo yakunda "shaharliklar" penaltilar seriyasida zafar quchishadi.
"Biz Kepa bilan gaplashdik. Muloqotda "Chelsi"ning veteran futbolchilari, shuningdek Kabalero ham ishtirok etdi. Kepa xato qilganini anglab turibdi. Biz bu vaziyatni qayta ko‘rib chiqamiz. Arrisabalagada dunyoning eng yaxshi darvozaboni bo‘lishi uchun imkoniyati bor", - dedi belgiyalik forvard.

Fikrlar