“Chelsi” futbolchilari shokka tushdi
“Chelsi” bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning ishdan olinishini ko‘pchilik kutmagan bo‘lib chiqdi.
The Telegraph nashrining yozishicha, jamoa futbolchilari argentinalik mutaxassisning ketishi haqidagi xabardan shokka tushgan. Chunki Pochettinoning o‘zi ham ketishi mumkinligi to‘g‘risida biror ishora ham bermagan ekan.
- O‘yinchilar bu yangilikka ishongisi kelmadi. Jamoa chat va messenjerlarida bu xabar tarqalganida ko‘pchilik nima bo‘layotganini tushuna olmadi. Futbolchilarning aksariyatiga Pochettino juda yoqardi va shuning uchun ham ular hafa bo‘ldi, - deb ma’lumot tarqatdi klub ichidagi manba.
“Chelsi”ga tajribali mutaxassisning futbol falsafasi to‘g‘ri kelmagani bu iste’foga asosiy sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Chunki Maurisio Pochettino yakunlangan mavsumda jamoani Evropa kuboglariga olib chiqqan edi.
Fikrlar