"Chelsi" futbolchisi "Barselona"ning "radariga" tushib qoldi
"Chelsi" rahbariyati moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya qilish zarurligini hisobga olib, yozgi transfer oynasida sotilishi mumkin bo‘lgan futbolchilar bilan muzokaralarni boshlab yubordi.
El Nacional nashri xabariga ko‘ra, “aristokratlar” safini tark etishi mumkin bo‘lganlardan biri sifatida tilga olinayotgan yarim himoyachi Kay Xaverts "Barselona"ning diqqatini zxiga tortmoqda. Bundan tashqari, 23 yoshli germaniyalik futbolchi uchun kurashda “Bavariya” favorit ekanligi ham qayd etilgan.
Nufuzli transfermarkt portali ekspertlari Kay Xavertsni 60 million evroga baholamoqda. Agar 2022/2023 yilgi mavsumni oladigan bo‘lsak, nemis futbolchisi turli musobaqalarda 37ta o‘yinda 9ta gol urgan.
Kay Haverts "Chelsi"ga 2020 yilning sentyabr oyida "Bayer"dan ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar