"Chelsi" futbolchisi Madridga yo‘l olishi mumkin

  • 15.12.2025 22:30
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi himoyachisi Mark Kukurelya faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.

"Fichajes" nashri bergan xabarlarga ko‘ra, ispaniyalik lateralning xizmatlariga Madridning "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda. "Matraschilar" ustozi Diego Simeone Kukurelyani jamoaga olib kelishni xohlamoqda. Biroq "aristokratlar" jamoaning etakchilaridan biriga aylangan futbolchini sotishni istamayapti. Kukurelyaning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Futbolchining narxi 50 million evroni tashkil etadi. 

Ma’lumot uchun, fulbek joriy mavsumda barcha musobaqalarda umumiy 23 uchrashuvda maydonga tushib 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!