"Chelsi" futbolchisi uchun A Seriyadan uchta taklif bor

"Chelsi" himoyachisi Emerson faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

"Aristokratlar" ustozi Frenk Lempardning ishonchiga kira olmagan braziliyalik futbolchi uchun "Yuventus", "Napoli" va "Inter" klublari qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli futbolchi uchun A Seriya begona emas. U "Chelsi"ga 2018 yilda "Roma"dan kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!