"Chelsi" himoyachisi orqaga qaytmoqda
Himoyachi Aaron Anselmino yana "Chelsi"ga qaytib kelmoqda.
Dortmundning "Borrusiya" klubi o‘zining rasmiy sahifasida jamoa safida ijara asosida harakat qilib kelayotgan "Chelsi" himoyachisi Aaron Anselmino bilan ijara shartnomasini muddatidan oldin yakunlagani ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi yozida "asalarilar" safiga ijara asosida kelib qo‘shilgan edi. Joriy mavsum Aaron nemis klubi safida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar