"Chelsi" himoyachisi uchun APLning ikki jamoasi kurashmoqda
"Chelsi" himoyachisi Aksel Disasi faoliyatini APLning boshqa jamoasi safida davom ettirishi mumkin. Bu haqida jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, fransiyalik futbolchining xizmatlariga ayni vaqtda "Vulverxempton" va "Kristal Pэlas" jamoalari qiziqish bildirmoqda. "Aristokratlar" Akselni 26 million evrolik taklif tushsa sotishga tayyor. Shuningdek, London klubi futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga berishga ham rozi.
27 yoshli himoyachining hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 15 million evroni tashkil etadi.
Ma'lumot uchun, Disasi londonliklar safida 2023 yildan beri harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida futbolchi 61 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol kiritdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar