"Chelsi" Isko uchun "Real"ga 52 mln evro to‘lashga tayyor

  • 20.12.2019 21:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Isko faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda El Desmarque nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 27 yoshli ispaniyalik futbolchi "Chelsi"ning qiziqishlar doirasiga kirib qolgan. “Aristokratlar” uning transferi uchun madridliklarga 52 mln evro to‘lashga tayyor. Ushba transfer mavsum yakunlangach, ya’ni yozgi transferlar davrida amalga oshirilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Isko joriy mavsum “Real” safida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning transfer narxi esa 50 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!