"Chelsi" Italiyadan yangi hujumchi topdi
«Chelsi» klubi «Atalanta» himoyachisi Onesta Ahanorni sotib olish bo‘yicha muzokaralarni faollashtirdi.
Jurnalist Janluka di Marcio xabariga ko‘ra, tomonlar ehtimoliy transfer shartlarini jadal muhokama qilmoqda, biroq klublar o‘rtasida yakuniy kelishuv hali imzolanmagan.
Ma’lumotlarga qaraganda, transfer miqdori 40 million evroidan oshishi kutilmoqda. Avvalroq londonliklar «Atalanta»dan yana bir himoyachi Marko Palestarani 57 million evro evaziga sotib olgan edi.
Onesta Ahanor «Jenoa» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan yil yozida «Atalanta» safiga qo‘shilgan va o‘tgan mavsumda jamoa tarkibida 35 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol urgan, 3 marta ogohlantirish va 1 marta maydondan chetlatishga uchragan. Joriy yil futbolchi Italiya terma jamoasi safida ham debut qildi.

Fikrlar