“Chelsi” katta transferga qo‘l urmoqda

  • 30 iyun, 2022, 21:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” rahbariyati niderlandiyalik himoyachi Matteys de Ligtni so‘rab, “Yuventus”ga yana bir bor murojaat qiladigan bo‘ldi.

Bu o‘yinchi Tomas Tuxel uchun himoya chizig‘ini kuchaytirishga asosiy nomzod hisoblanadi. Ma’lumki, “Chelsi”ni Antonio Ryudiger, Andreas Kristensen kabi tajribali himoyachilar tark qildi va klub ularning o‘rnini to‘ldirishi kerak.

Avvalroq, “Chelsi” turinliklarga Matteysni boshqa o‘yinchiga almashtirish variantini taklif qilgandi.

“Aristokratlar” himoyachini olib, o‘rniga hujumkor futbolchi Kristian Pulishich yoki germaniyalik hujumchi Timo Vernerni Turinga jo‘natmoqchi edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!