"Chelsi" mashhur futbolchini Evropaga qaytarmoqchi

  • 29.07.2026 22:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 «Chelsi» klubi Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» jamoasida o‘ynaydigan chap qanot himoyachisi Teo Ernandesga qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda Tuttosport nashri o‘z manbalariga manbasiga tayanib.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, londonliklar Frantsiya terma jamoasi a'zosining vakillari bilan dastlabki muloqotni o‘tkazib bo‘lgan. Suhbat davomida futbolchining ehtimoliy transferga munosabati va pozitsiyasi o‘rganilgan.

Teo Ernandes 2025 yilda «Milan» klubidan «Al-Hilol»ga 25 million yevro evaziga o‘tgan. Uning Saudiya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2028 yil 30 iyuniga qadar amal qiladi. Frantsiyalik himoyachi o‘tgan mavsumda barcha musobaqalar doirasida 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!