"Chelsi" murabbiyi: "Jamoam o'yinidan juda faxrlanaman. Gvardiola esa tarixdagi eng muvaffaqiyatli murabbiylardan biri"

  • 05.01.2026 01:42
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Kalum Makfarleyn "Manchester Siti"ga qarshi durangdan (1:1) so‘ng jamoa o‘yinini yuqori baholadi.

"Menimcha, bu ajoyib o‘yin bo‘ldi, orzu qilish mumkin bo‘lgan barcha jihatlar bor edi. Pep Gvardiolaga qarshi o‘yin, APL — buning oziyok ajoyib. Jamoam o‘yinidan juda faxrlanaman. Hatto biz bu golni urmaganimizda ham, ayniqsa ikkinchi bo‘limda yigitlar qanday xarakter ko‘rsatganini hisobga olsak, baribir xursand bo‘lardim. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, mamnun edim. Hisobni tenglashtirganimiz esa yanada yaxshi bo‘ldi — menimcha, biz bunga loyiq edik.

So‘nggi ikki kun davomida barcha fikrlarimiz aynan shu o‘yinda g‘alaba qozonish haqida edi. Ha, buni uddalay olmadik, ammo barchamiz bu o‘yindan juda faxrlanamiz. Biz bu yerga kelib g‘alaba qozonishimizga ishongandik".

Calum McFarlane, interim head coach of Chelsea, celebrates after the Premier League match between Manchester City and Chelsea at Etihad Stadium on...

Gvardiolaga qarshi o‘yin haqida:

"U — tarixda eng muvaffaqiyatli murabbiylardan biri va bu o‘yning asosiy mavzusidek tuyuldi. Ammo men bunday bo‘lishi kerak, deb o‘ylamayman. Asosiy e’tibor futbolchilarga va ularning qay darajada yaxshi o‘ynaganiga qaratilishi kerak. Gap men haqida emas, aynan shu yigitlarning barcha vaziyatlarga qaramay ko‘rsatgan yaxshi o‘yini haqida borishi lozim", — dedi Makfarleyn.

Angliya Premyer-ligasining 20-turi doirasidagi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. "Chelsi" ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Enzo Fernandez urgan gol evaziga hisobni tenglashtirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!