"Chelsi" muxlislari rahbariyatni Sarrini iste’foga chiqarishga majbur qilishmoqchi

  • 22.03.2019 11:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Chelsi" klubi ishqibozlari jamoaning navbatdagi uy o‘yinini boykot qilishmoqchi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “aristokratlar” muxlislari aynan shu yo‘l bilan rahbariyatni jamoa bosh murabbiyi Mauritsio Sarrini iste’foga chiqarishga undashmoqchi. Berilgan ma’lumotlarga qaraganda ayni damga kelib 400ta muxlis “Vest Xem”ga qarshi, yana 700ta muxlis esa “Byornli”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv chiptalarini qaytarib berishgan.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” ayni damda premer-liga musobaqa jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!