"Chelsi" Obameyangni tekinga qo‘yib yuborishga majbur
"Chelsi" hujumchisi Per-Emerik Obameyang yangi mavsumda “aristokratlar” safida qolishi dargumon.
Londonliklar 33 yoshli futbolchini transferga qo‘yish niyatida, chunki Obameyang ularning rejalariga to‘g‘ri kelmaydi. O‘z navbatida "aristokratlar" gabonlik futbolchining transferida hech bo‘lmaganda biroz bo‘lsada mablag‘ ishlab olishni rejalashtirmoqda, ammo bu qiyin bo‘ladi. Chunki potentsial da’vogarlarning hech biri Obameyang uchun pul to‘lashga tayyor emas. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, “Chelsi” moliyaviy xarajatlarni kamaytirish uchun Obameyangni tekinga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lishi ham mumkin.
"Barselona" Per-Emerik Obameyangga qiziqish bildirmoqda, ammo kataloniyaliklar futbolchini faqat tekinga o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.
Fikrlar