
“Chelsi” Oskarni 60 mln evro evaziga Xitoyga sotishga rozilik berdi
“Chelsi” jamoasi rahbariyati yarim himoyachi Oskarni Xitoy Superligasiga stoib yuborishga tayyor. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, braziliyalik futbolchining xizmatilariga “Shanxay Telleys”qiziqmoqda. Ushbu klubni ayni damda Andre Villash-Boash boshqarmoqda. Xitoy klubi Oskar uchun 60 million evro to‘lashga tayyor.
Oskar Antoni Konte murabbiyligi ostida atigi ikki o‘yinni to‘liq o‘tkazdi, qolgan o‘yinlarda u asosan zaxiradan maydonga tushmoqda. Shuning uchun, Oskarning o‘zi Xitoy chempionatiga yo‘l olishga qarshi emas.
Fikrlar