“Chelsi” o‘yinchilari evakuatsiya qilindi

  • 25 oktabr, 16:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi ishtirokchisi “Chelsi”ning asosiy tarkibi o‘yinchilari va klub xodimlar mashg‘ulotlar bazasidan favqulodda holat tufayli evakuatsiya qilindi.

Tecno

The Sun nashrining yozishicha, mashg‘ulotlar bazasida kimyoviy vosita – xlorning  sizib chiqishi va yoyilish xavfi vujudga kelganidan keyin evakuatsiya haqida buyruq berilgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, Kobxemdagi mashg‘ulotlar bazasi binosidagi suv havzasining signalizatsiyalari ishlab ketgan. Voqea joyiga Surrey grafligi o‘t o‘chiruvchi va qutqaruv xizmatlari vakillari etib kelgan.

Qutqaruvchilar hududni tekshiruvdan o‘tkazib, hech qanday xavf-xatar yo‘qligini tasdiqlaganidan keyin hamma o‘z ishini davom ettirish uchun binoga qaytarilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!