"Chelsi" oʻz yetakchisini "Real"ga berib qoʻymoqchi emas

  • 21.02.2026 16:27
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Enzo Fernandez bilan shartnoma uzaytirish variantini maʼqul koʻrmoqda.

"The Athletic" nashri bergan xabarlarga koʻra, londonliklar Jahon chempioni boʻlgan futbolchini jamoada saqlab qolmoqchi. "Aristokratlar" argentinalik futbolchining maoshini koʻtarishga ham rozi. Enzo uchun Madridning "Real" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari futbolchining oʻzi ham jamoasini almashtirishga qarshi emas. Fernandez 2023 yilning yanvarida "Benfika"dan "Chelsi"ga 121 million yevro evaziga koʻchib oʻtgan edi. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilning yozida yakuniga yetadi. "Transfermarkt" portali xavbekni 85 million yevroga baholagan.

Maʼlumot uchun, 25 yoshli futbolchi joriy mavsumda umumiy 39ta uchrashuvda maydonga tushib, 11ta gol va 4ta assistni oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!