
“Chelsi” o‘z tarbiyalanuvchisi uchun “Roma”ga ikki barobar to‘laydi
“Roma” hujumni kuchaytirish maqsadida “Chelsi” hujumchisi Temmi Abraxamni 40 million evro evaziga transfer qilayotgani haqida xabar bergan edi.
Ushbu transferning qo‘shimcha ma’lumotlari oshkor bo‘ldi.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, agar “Chelsi” o‘z tarbiyalanuvchisini ortga qaytaridagi bo‘lsa, rimliklarga ikki barobar ko‘p, yani 80 million evro to‘lashi kerak bo‘ladi. Shartnomadagi bu band 2023 yilning iyunigacha amal qiladi.
Tarkibini kuchaytirib olgan “Chelsi” ayni paytda o‘ziga kerak bo‘lmagan futbolchilarni sotib yuborishga e’tibor qaratmoqda. “Aristokratlar” hozir Mishi Batshuayini “Beshiktosh”ga, Ike Ugboni “Genk” klubiga joylashga harakat qilyapti.
Fikrlar