"Chelsi" Palmer bo‘yicha qarorini chiqardi — sotuv bo‘lmaydi

  • 24.01.2026 01:41
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Angliyada "Chelsi"ning hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmerning "Manchester Yunayted"ga ehtimoliy transferi haqidagi muhokamalar davom etmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi Manchestergа qaytishni istaydi, asosiy da’vogар sifatida esa "Yunayted" tilga olinmoqda. Ma’lumki, bolalik chog‘ida yulduzli angliyalik futbolchi aynan "qizil iblislar"ga muxlis bo‘lgan.

Shu bilan birga, "Telegraph" nashrining xabar berishicha, "Chelsi" Palmerni sotish imkoniyatini mutlaqo istisno qilgan. London klubi Koulni yangi avlodning "tegilmas" futbolchilari qatoriga kiritgan — bunday o‘yinchilar loyiha uchun muhim bo‘lib, foyda olish maqsadida sotilmaydi.

Palmerning "aristokratlar" bilan shartnomasi 2033 yilgacha amal qiladi va sotib olish bandi mavjud emas. "Ko‘klar" yetakchisining Transfermarkt saytidagi bahosi 120 million yevroga teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!