"Chelsi" PSJ futbolchisi uchun 125 million yevro bermoqchi
"Chelsi" Enzo Fernandesga o‘rinbosar topdi. Bu haqida "Fichajes" nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, ingliz grandi PSJ yarim himoyachisi Joau Neveshni Enzoga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. "Aristakrotlar" xavbek uchun parijliklarga 125 million yevro bermoqchi.
Joauning ayni vaqtda "transfermarkt" portalidagi narxi 110 million yevroni tashkil etadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli futbolchi joriy mavsum PSJ safida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar