"Chelsi" "Real" nishonidagi futbolchini sotib olmoqchi

  • 23 avgust, 2021, 15:22
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Sevilya" klubi himoyachisi Jyul Kunde faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda "Goal.com" nashri xabar tarqatdi.

Frantsiyalik futbolchi xizmatiga "Chelsi"dan qiziqish bor. Londonliklar himoyadagi muammolarni aynan Kunde transferi orqali hal etishni maqsad qilgan. Boz ustiga, "aristokratlar" bir necha kun oldin o‘z vakili Kurt Zumani "Vest Xem"ga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgani haqida xabar berdi.

Avvalroq, 22 yoshli himoyachini Madridning "Real" klubi sotib olishga harakat qilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. "Qirollik klubi" uni jamoani tark etgan Serxio Ramos hamda Rafael Varanga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Kunde o‘tgan andalusiyaliklar libosida 49 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 1 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!