
"Chelsi" "Real"ning ikki yulduzi uchun katta pul sarflamoqchi
"Chelsi" Angliya Premer-ligasi va Evropa futboli darajasida raqobatbardosh jamoa yaratmoqchi. London klubi tarkibni kuchaytirish uchun mablag‘ sarflashda davom etishga tayyor.
TodoFichajes portali xabariga ko‘ra, "aristokratlar" "Real"ning ikki yulduz futbolchisi – Rodrigo va Endrikni o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi.
Manbaga ko‘ra, "Chelsi" Rodrigo va Endrik uchun 180 million evro to‘lashga tayyor: birinchisi uchun 120 million, ikkinchisi uchun esa 60 million. Biroq, "Real" bu futbolchilar bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti, shuning uchun London klubiga muvaffaqiyatli muzokaralar o‘tkazish qiyin bo‘ladi.
Hozirgi paytda "Chelsi" Angliya chempionati turnir jadvalida 49 ochko to‘plab, to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar