
"Chelsi" "Real"ning zo‘r himoyachisini xarid qilmoqchi
"Chelsi" "Real" himoyachisi Eder Militao xizmatiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "El Nacional" xabar tarqatdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, londonliklar futbolchi uchun 40 million evro to‘lashga tayyor. "Qirollik klubi" esa Ederni sotish haqida o‘ylamayapti va uning tovon pulini ko‘tarmoqchi.
Militaoning "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsum 16ta o‘yinda maydonga tushgan himoyachi samarali harakat amalga oshirmadi.
Fikrlar