
"Chelsi" safarda ishonchli hisobda g‘alaba qozondi
Angliya chempionatining 19-turidan o‘rin olgan "Aston Villa" va "Chelsi" jamolari o‘rtasidagi o‘yin nihoyasiga etdi. Mazkur uchrashuvda mehmonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Bellashuvning 28-daqiqasida Jeyms o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Keyinchalik Jorjino va Lukakuning gollari "ko‘klar"ga g‘alaba keltirdi.
Maxlumot uchun, mazkur g‘alabadan so‘ng londonliklar ochkolar sonini 41taga etkazib, 3-o‘rinda qoldi. 10-o‘rindagi "Aston Villa" hisobida esa 22 ochko mavjud.
Fikrlar