"Chelsi" Sarri evaziga "Yuventus"dan qancha so‘rayapti?
Xabaringiz bor bundan avvalroq "Yuventus" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi lavozimiga "Chelsi" ustozi Mauritsio Sarri nomzodini ham ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
The Telegraph nashrining xabar berishicha “aristokratlar” 60 yoshli italiyalik mutaxassisni vataniga qaytarib yuborishga tayyor. Faqat, buning uchun “keksa sinora”dan 6 mln evro tovon puli so‘rashmoqda. Ta’kidlash kerakki, Sarriga shuningdek “Inter” ham qiziqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Chelsi” rahbariyati mavsum yakunlangach Sarrini iste’foga chiqarmoqchiligi haqida turli xabarlar tarqalgan edi. Endi esa London grandi uning iste’fosidan ham pul ishlab olishni ko‘zlamoqda.
Aytish lozimki, “Yuventus”ning amaldagi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri mavsum yakunlangach o‘z lavozimini tark etadi.

Fikrlar