
“Chelsi” Sulsherning yo‘lini to‘syapti
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Sulsher anchadan beri “Vilyarreal” himoyachisi Pau Torresga xaridor bo‘lmoqda.
Ispaniyalik futbolchining o‘zi ham yozda manchesterliklar safiga o‘tishga roziligini bildirgan. Biroq, ishga “Chelsi” aralashdi va Torresni Londonga olib kelmoqchi.
“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel yozda hamyurti Antonio Ryudigerni sotib yubormoqchi va aynan uning o‘rniga Torresni sotib olish kerakligini aytyapti. Tuxel orqa chiziqda Tiago Silva, Andreas Kristensen, Kurt Zuma va Pau Torres to‘rtligini o‘ynatmoqchi.
24 yoshli Pau Torresning transferi 45 million funtga baholanmoqda. “Vilyarreal” rahbariyati agar uni oladigan klub pul qo‘shib beradigan bo‘lsa, boshqa futbolchiga almashtirish variantiga ham roziligini bildirgan.
Fikrlar