
"Chelsi" uchun rekord transferga aylangan futbolchi jamoa mashg‘ulotlariga kirishdi (Foto)
Bir necha kun avval, "Chelsi" Germaniyaning "Bayer" klubidan Kay Xavertsni sotib olgandi. Bu londonliklar uchun rekord transferga aylangandi. Ya’ni "aristokratlar" xavbek uchun germaniyaliklarga 72 million evro bergan.
Bugundan Kay Xaverts "Chelsi"ning mavsumoldi yig‘iniga qo‘shildi va ilk bor jamoa mashg‘ulotlarida qatnashdi.
Kay Xaverts transferni yakunlab kelish uchun Millatlar ligasi turnirida qatnashayotgan Germaniya terma jamoasidan ketishiga to‘g‘ri keldi.
Fikrlar