"Chelsi" uni tezroq sotib yubormoqchi

  • 18.08.2021 19:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Italiyalik himoyachi Emerson Palmerining "Chelsi"dagi kelajak taqdiri hamon noma’lumligicha qolmoqda.

Jurnalist-insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, "aristokratlar" rahbariyati ayni damda futbolchini sotib yuborish ustida ishlamoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Emersonning xizmatlariga "Lion" jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Ammo frantsuz klubi bu borada "Napoli" bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. Boisi neapolliklar ham Emersonni qo‘lga kiritishlariga umid qilmoqda.

Bundan tashqari "Chelsi" Davide Dzappakostani "Fiorentina"ga sotish ustida ham ishlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!