"Chelsi" va "Manchester Siti" yozda PSJ futbolchisini sotib olishga urunib ko‘rishadi
PSJ klubi himoyachisi Presnel Kimpembe yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
L'Equipe tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli frantsuz futbolchisiga "Chelsi" va "Manchester Siti" klublari jiddiy qiziqib qolishgan. Ular Kimpembeni mavsumlar oralig‘ida o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Kimpembe joriy mavsum Frantsiya chempionatida jami 24ta o‘yinda ishtirok etdi va 1ta golga assistentlik qilishga erishdi.

Fikrlar