"Chelsi" va "Vilyarreal" o‘rtasidagi UEFA Superkubogi bahsi qachon va qaerda o‘tkazilishi e’lon qilindi

  • 04.06.2021 18:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2021 yilgi UEFA Superkubogi qachon va qaerda o‘tkazilishi haqida ma’lumot berildi.

“Chelsi” rasmiy saytining xabar berishicha, ushbu uchrashuv Shimoliy Irlandiya poytaxti hisoblangan Belfast shahrida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv 11 avgust kuni “Vindzor Park”da o‘tkaziladi.

Superkubok uchun Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan “Chelsi” va Evropa ligasida zafar quchgan “Vilyarreal” o‘zaro bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi UEFA Superkubogi Budapeshtdagi “Ferentsa Pushkash” nomli stadionda o‘tkazilgan va unda “Bavariya” “Sevilya” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!