“Chelsi” xo‘jayini hammani sabrga chaqirdi
“Chelsi” uchun joriy mavsum barbod bo‘ldi. Klub afsonasi Frenk Lempard ham jamoani mag‘lubiyatlar to‘ridan olib chiqishni eplolmadi.
Bu mutaxassis kelganidan beri jamoa oltita o‘yinning barchasida mag‘lubiyatga uchradi.
Klub xo‘jayini Todd Byoli muxlsilarga holat yuzasidan izoh berdi.
- Muxlislar talabchan va g‘alaba qozonishimizni istaydi. Biz buni yaxshi tushunamiz, chunki o‘zimiz ham g‘olib bo‘lishni xohlaymiz. Bu uzoq muddatli loyiha va kelajakni o‘ylab qilinayotgan istiqbolli jamoa. Tez orada hammasiga echim topishimizga ishonamiz, - dedi Todd Byoli.
Fikrlar