"Chelsi" yanvarda 21 yoshli nigeriyalik futbolchini sotib olishga urunib ko‘radi

  • 27.12.2019 17:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Kuinz Park Reynjers" klubi hujumkor yarim himoyachisi Eberechi Eze "Chelsi"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” 21 yoshli nigeriyalik futbolchini qishki transferlar davridayoq sotib olishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ezega "Tottenxem"dan ham qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Eze KPR safida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 9 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transfer narxi 5 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!