"Chelsi" yarim himoyachisiga yaxshilangan shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda
"Chelsi" yarim himoyachisi Moyses Kaysedo yaqin kunlarda yaxshilangan shartlarda yangi shartnoma tuzish bo‘yicha taklif oladi. Bu haqda "TEAMtalk" nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, londonliklar Kaysedoga maoshini oshirish orqali unga nisbatan "Real"ning qiziqishini "so‘ndirish"ni rejalashtirmoqda.
"Telegraph Sport" ma’lumot berishicha, "aristokratlar" futbolchining kelajagi haqida xavotir olmayapti — garchi yaqinda u agentini o‘zgartirgan bo‘lsa ham.
Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" 2023 yili Kaysedoni "Brayton"dan 116 million evro evaziga sotib olgan edi. Joriy mavsumda 23 yoshli xavbek barcha musobaqalarda 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.
Fikrlar