"Chelsi" yosh futbolchining kelajagini hal qildi

  • 29.07.2026 22:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Chelsi» tarkibida to‘p surib kelayotgan yosh himoyachi Josh Achimpong joriy yozda jamoani tark etmaydi.

Jurnalist Saymon Jonson ma’lumoticha, London klubi Achimpongni o‘z akademiyasining eng muvaffaqiyatli tarbiyalanuvchilaridan biri, deb hisoblaydi. Shu bois «Chelsi» o‘z shogirdini sotish yoki ijaraga berish niyatida emas. Aksincha, kelayotgan mavsumda murabbiylar shtabi unga ko‘proq o‘yin amaliyoti berishni rejalashtirmoqda.

Josh Achimpong «Chelsi» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2029 yil 30 iyuniga qadar amal qiladi. O‘tgan mavsumda himoyachi London jamoasi safida barcha musobaqalar doirasida 30 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol muallifiga aylandi. Transfermarkt portali Achimpongning bozor qiymatini 25 million yevro atrofida baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!