
"Chelsi" Zieshni A Seriya grandiga berishga tayyor
"Chelsi"ning hujumkor yarim himoyachisi Hakim Ziesh qishki transferlar oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 28 yoshli marokashlik futbolchiga "Milan" jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Aristokratlar” va “rossonerilar” o‘zaro do‘stona munosabatlardagi klublar hisoblanadi. Shu sabablik londonliklar Zieshni “Milan”ga keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga berishga tayyor.
Hakim Ziesh joriy mavsum "Chelsi" safida jami 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamd 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning transfer narxi 35 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar