
"Chelsi" zo‘r xavbekdan quruq qolishi mumkin
"Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Rays qishki transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
21 yoshli angliyalik futbolchi uchun "Chelsi" jiddiy qiziqish bildirmoqda. The Guardian nashri ma’lumotiga ko‘ra, "bolg‘alilar" bosh murabbiyi Devid Moyes Raysni etakchi futbolchisini jamoada olib qolishga urinib ko‘rmoqchi.
O‘tgan yozda "Vest Xem" futbolchining transferi uchun 80 million evro talab qilgan edi. Kelayotgan transfer oynasi vaqtida londonliklar ushbu variantga yana bir bor murojaat qiladi.
Joriy mavsumda Rays Angliya chempionati bahslarida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Fikrlar