"Chelsi"da omadi chopmagan futbolchi o‘zini Italiyada sinab ko‘rmoqchi
"Monako"da ijara asosida to‘p surayotgan "Chelsi" yarim himoyachisi Temue Bakayoko yangi mavsumni "Milan"da boshlash niyatida, deya xabar bermoqda Tuttosport.
Ta’kidlanishicha, Bakayokoning agenti milanliklar mutasaddilari bilan bog‘lanib, uni A Seriyaga qaytishi masalasini muhokama qilib ulgurishgan. "Milan" frantsiyalik xavbekni sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga olishni rejalashtirmoqda.
25 yoshli futbolchining "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar