“Chelsi”dan haydalgan Mareskaga Angliyadan o‘zidan ish chiqdi

  • 02.02.2026 18:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

2026 yilning 1 yanvarida “Chelsi” rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Enzo Mareskani ishdan bo’shatib yuborgan edi. Bunga “aristokratlar” qayd etayotgan natijalarning kutilganidan pastligi sabab bo’lgan.

Enzo Mareska uzoq vaqt ishsiz qolmaydigan ko’rinadi. Angliyaning “Lester Siti” jamoasi italyalik mutaxassis bilan bog’lanib, uni jamoaga qaytarish masalasini muhokama qildi.

Bu haqida Mirror xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko’ra, “tulkilar” Endi Kingni vaqtinchalik murabbiy etib tayinlagan edi. Biroq endi Enzo Mareska bo’sh qolgach, “Lester” xo’jayinlari Mareska mavsum oxirigacha qisqa muddatli shartnoma asosida jamoani boshqarishini istayapti.

“Lester” italyalik mutaxassisning o’z kelajagini “Manchester Siti” yoki “Tottenxem” kabi qudratli klublar bilan bog’lash imkoniyati borligini to’g’ri tushunadi va shu sabab unga uzoq muddatli shartnoma taklif qilmoqchi emas.

45 yoshli mutaxassis 2023–2024 yillar davomida “Lester”ni boshqargan edi. Uning qo’l ostida “tulkilar” Chempionshipda g’olib chiqib, Angliya Premyer-ligasiga yo’llanma olgan edi. Ayni paytda “Lester” yana Chempionshipda o’ynamoqda va 16-o’rinni egallab turibdi.

Enzo Mareska aynan “Lester”dagi faoliyatidan keyin “Chelsi”ga ko’chib o’tib, “aristokratlar”ni 2024–2026 yillar davomida boshqargan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!