“Chelsi”dan haydalgan Mareskaga zo‘r jamoa topildi
2026 yilning ilk kunida “Chelsi” bosh murabbiyligidan isteʼfoga chiqarilgan Enco Mareska uzoq vaqt ishsiz qolmaydigan ko‘rinadi.
Italiyalik mutaxassis faoliyatini Londonning boshqa klubi – “Tottenxem”da davom ettirishi mumkin.
Match Day Central nashri maʼlumotiga koʻra, “Tottenxem” kuni kecha Tomas Frankni ishdan boʻshatganidan keyin jamoani boshqarishga yangi murabbiy izlashni boshlagan.
Bu jarayonda Enco Mareska bosh murabbiylikka asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. “Tottenxem” rahbariyati Mareskaning futbol falsafasiga yuqori baho bermoqda.
Mareska 2024–2026 yillarda “Chelsi”ni boshqargan edi. Uning qo‘l ostida jamoa Konferensiyalar ligasi va klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqqan.
Fikrlar