“Chelsi”ga Ronaldu kerak emas. Londonliklar boshqa futbolchini nishonga olgan

  • 4 iyul, 2022, 16:25
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotib olmoqchi emas. “The Athletic” nashri xabariga ko‘ra, “ko‘klar” bosh murabbiyi Tomas Tuxel portugaliyalikni o‘z jamoasida ko‘rishni istamayapti.

Tecno

Nemis mutaxassisi Krishtianudan ko‘ra 2015 yildan beri "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelayotgan Raxim Sterlingni afzalroq ko‘rmoqda. Manbada qo‘shimcha qilinishicha, "Chelsi" shu hafta boshida 27 yoshli angliyalikning transferi bo‘yicha "shaharliklar" bilan navbatdagi muzokarani o‘tkazishi kerak. Insayd ma’lumotlarga ko‘ra, Raximning London klubi bilan shartnoma imzolash ehtimoli katta.

Oldinroq Ronaldu “Chelsi”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Futbolchining agenti Xorxe Mendesh yaqinda “arsitokratlar” xo‘jayini Todd Boeli bilan uchrashdi, ammo ular Krishtianuning transferi borasida kelisha olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!